O'LCHOV TRANSFORMATORLARIDA ERTA DIAGNOSTIKANING ZAMONAVIY USULLARINI TADQIQ QILISH VA ISHLAB CHIQISH
Authors/Creators
- 1. Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti 2-bosqich magistranti
Description
Bugungi kunda energetika tizimi sanoatimiz rivojlanishining muhim omillaridan biri bo‘lib qolmoqda. Energetika tizimini tezkor, sifatli va ishonchli ishlashini ta’minlash ko‘plab iqtisodiy va ijtimoiy masalalarni yechishga imkon yaratadi. O‘lchovchi o‘zgartgichlar hamma releli himoya sxemalari uchun umumiy elementlar hisoblanadi. Ularning asosiy vazifasi yuqori kuchlanish zanjirini ikkilamchi himoya zanjiridan izolyasiya qilish, kirish kattaliklarni o‘lchash uchun qulay bo‘lgan kattalikka o‘zgartirishda qo‘llaniladi. Magistrlik dissertatsiyasining mavzusi o‘lchov transformatorlarida erta diagnostikaning zamonaviy usullarini tadqiq qilish va ishlab chiqishga bag‘ishlangan bo‘lib, bu uning dolzarbligini ko‘rsatadi. O‘lchovchi o‘zgartgichlarga elektromagnit transformator toklar, va kuchlanish transformatorlari kiradi. Tok transformatorlari ikkilamchi tokini 5 A yoki 1A qilib olishga mo‘ljallangan. Kuchlanish transformatori yordamida esa ikkilamchi kuchlanishni 100V yoki 100 V qilib o‘zgartirishga asoslangan. Tok transformatori birlamchi tokning kattaligini o‘lchov priborlari va rele uchun eng qulay kattalikkacha kamaytirish, shuningdek, o‘lchov zanjirlarini birlamchi yuqori kuchlanish zanjirlaridan ajratish va himoya qilish uchun xizmat kiladi.
Files
11-16.pdf
Files
(255.5 kB)
| Name | Size | Download all |
|---|---|---|
|
md5:b4fd45b69a203148890f5378e95a2bb2
|
255.5 kB | Preview Download |
Additional details
Related works
- Is cited by
- Journal article: 10.5281/zenodo.7424647 (DOI)