Published November 25, 2022 | Version v1
Conference paper Open

PORTAL GIPERTENZIYA ASORATLARINI OLDINI OLISH VA DAVOLASHDA KAMINVAZIVLI ARALASHUVLAR KOMPLEKSINING SAMARADORLIGI

Description

Jigar sirrozi (JS) bilan kasallanish brogan sari ortib bormoqda, tabiiyki buning oqibatida uning asoratlari (xisoblangan portal gipertenziya (PG) va uning asorati qizilo’ngach hamda me’da varikoz kengaygan venalar (QMVKV)dan qon ketishi, astsit, gipersplenizm, splenomegaliya, jigar yetishmovchiligi (JY), entsefalopatiya va boshqalar) ham ortib bormoqda. Buning oqibatida davo choralarni izlanishlariga qaramasdan o’lim ko’rsatkichi oshishda davom etmoqda. Bir guruh olimlarning oxirgi yillardagi izlanishlariga ko’ra JS butun dunyo bo'ylab kattalar o'limining asosiy sabablari orasida 14-o'rinni egallagan. Ushbu raqamlar PG sindromining (PGS) asoratlari bilan og'rigan bemorlar sonining sezilarli darajada ko'payishini anglatadi, bu esa ko'p hollarda virus etiologiyali JS bilan bog'liq. Turli mualliflarning fikriga ko'ra 40-70% hollarda PGning QMVKVdan qon ketish asoratiga olib keladi. JSning eng og'ir va tez-tez o'limga olib keladigan asoratlaridan yana biri shish-astsit sindromidir. Ko'pgina mualliflarning fikriga ko'ra, JS bilan og'rigan bemorlarda shish-astsit sindromida o'lim astsitning birinchi yilida 40-70% ga etadi. Adabiyotlardagi ma’lumotlarga ko'ra, JS rivojlanishi barcha holatlarining taxminan 57% gepatit B (30%) va C (27%) bilan bog'liq.

Files

379-383.pdf

Files (338.4 kB)

Name Size Download all
md5:43dc9d32ab9513db940c8b06c37b945c
338.4 kB Preview Download