ARBITRAJ JARAYONLARINI RAQAMLASHTIRISH
Authors/Creators
Description
Texnologiya va ilm- fanning rivojlanishi insoniyatning hayotiga ko’plab o‘zgartirishlar kiritdi. Zamonaviy texnologiyaning taraqqiy etishi natijasida qo‘lda amalga oshiriladigan huquqiy operatsiyalar o‘rnini Internet yordamida tezkor amalga oshiriladigan onlayn operatsiyalar egalladi. Bunday zamonaviy texnologik yutuqlardan foydalanish arbitraj orqali hal qilinadigan huquqiy nizolar sonining ko‘payishiga yordam beradi. Nizolarni hal qilishda sun’iy intellekt hamda raqamli texnologiyalardan foydalanish arbitrlarning faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, hujjatlar tayyorlash vaqtini qisqartirishga yordam beradi, shuningdek, nizolarni arbitraj orqali hal qilish jarayonlariga ham keng huquqiy ta’sir ko‘rsatadi. Biroq, fuqarolik-huqiquy xarakterdagi nizolarni hal qilishda raqamli texnologiyalardan keng foydalanilishiga qaramay barcha yurisdiksiyalar ham arbitraj jarayonlarini to‘liq miqyosda raqamlashtirishga tayyor emas. Olingan nazariy ma’lumotlarning tahlili asosida ushbu maqolada arbitraj jarayonlarida raqamli texnologiyalarni joriy etish tendensiyalarini tahlil qilish hamda ba’zi tegishli muammolarni ta’kidlash maqsadga muvofiq.
Files
EJAR12169.pdf
Files
(909.8 kB)
| Name | Size | Download all |
|---|---|---|
|
md5:76d2c466bbc30e94537a39193cdd9466
|
909.8 kB | Preview Download |