Published November 24, 2022 | Version v1

MORFEMALI KONTRAKTSIYANING 缩合 "suō hé" TURI HAQIDA

Authors/Creators

  • 1. MIRZARAHIMOV, Ibrohim

Description

Ma’lumki, yangi so‘zlar strukturasining murakkablashishi tufayli xitoy tilida ko‘p sonli qisqartirishlar yuzaga kelgan. Ko‘p bo‘g‘inli so‘zlar murakkab tushuncha  va hodisalarni to‘laroq ifodalashiga qaramay, muloqot jarayonida muayyan qiyinchiliklarni yuzaga keltirishi ma’lum. Murakkab so‘zlarni qisqartirish orqali bu kabi muammoni bartaraf etish va so‘zlovchi nutqini ixchamlashtirishga erishish mumkin. Xitoy tilida murakkab qisqartirilgan so‘zlar 缩略语 “suō lüè yǔ”,简称 “jiǎn chēng”,略语 “lüè yǔ”,并称 “bìng chēng”,略称 “lüè chēng”,省称 “shěng chēng”,合称 “hé chēng”,缩语“suō yǔ” kabi terminlar bilan ifodalanadi. Bularning ortida morfemali kontraksiyaning bir qancha turlari ifodalanadi.  Xitoy tilida so‘z yasalish  jarayoni izchil davom etmoqda. Til leksikasi mavjud so‘zlarga turli affikslar qo‘shish, boshqa tillardan o‘zlashmalar, yangi terminlarning paydo bo‘lishi va to‘liq nomlar shaklini qisqartirish orqali doimiy ravishda boyib borishi kuzatiladi. Aynan  kontraksiya orqali yasalgan so‘zlar muloqotning qulay va tejamkor vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Kontraksiya ma’no va mazmunga ta’sir ko‘rsatmaydigan elementlardan halos bo‘lishda muhim rol o‘ynaydi.

Files

178. MIRZARAHIMOV Ibrohim 913-916.pdf

Files (454.3 kB)

Name Size
md5:97a7af291191dd8bbe34e4526f3a4efc
454.3 kB Preview Download