SOMONIYLAR DAVLATI
Authors/Creators
Description
Somoniylar davlati tarixiga oid manbalar tahlili va tarixshunosligi .Yurtimiz tarixida ajralmas sahifa sifatida e'tirof etiladigan Somoniylar davri shunisi bilan ajralib turadiki, bu davrda o‘lkada tinchlik siyosati hukmron bo‘lgan va ilm-fan, madaniyat gullab yashnagan. Ushbu davrda o‘lkamizdan mashhur mutafakkir olim Ibn Sino, islom ilmlarida katta shuhrat qozongan ilohiyotchi olim Abu Mansur Moturidiy kabi o‘nlab allomalar yashab ijod qilgan. Shuningdek, ushbu davrda o‘lkamizda islomiy ilmlar taraqqiy etgan va ko‘plab ilm markazlari, jumladan “Dor al-juzjoniya”, “Dor al-iyodiya”, “Buxoro fiqh maktabi” kabi maktablar faoliyat olib borgan. Ushbu davr yana shunisi bilan ajralib turadiki, bu davrda o‘lkada millatlararo o‘zaro totuvlik, e'tiqodiy xurlik va diniy bag‘rikenglik barqaror bo‘lgan. Mazkur bitiruv malakaviy ishida qariyb bir yarim asr davomida Movarounnahrda mustahkam imperiya sifatida hukmronlik qilgan somoniylar davridagi shu barqarorlik tarixi haqida ma'lumot berishni maqsad qildik.
Files
EJSSPC1226.pdf
Files
(756.9 kB)
| Name | Size | Download all |
|---|---|---|
|
md5:792cf805afc7718cbaa6d08950f1ef06
|
756.9 kB | Preview Download |