Published October 25, 2022 | Version v1

PSIXOLOGIK TRENINGLAR TASHKIL ETISHDA RAQAMLI TEXNALOGIYALARDAN FOYDALANISH

  • 1. 2-Marg'ilon Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi Psixologi

Description

Annotatsiya: Trening inglizcha “traening” o‘zidan olingan bo‘lib bilim berish, mashq qilish degan ma’noni bildiradi. Qisqacha mazmunga kelganda asosan, guruhlar orasidagi munosabatlarni inson shaxsini har tomonlama rivojlantirish maqsadida guruhlarni o‘zaro ta’sir etish munosabatlarini tashkillashtirishda qo‘llaniladigan uslublarning yig‘indisidir.Trening yordamida individlarning kommunikativ qobiliyatlarini rivojlantirishda o‘zini va boshqalarni to‘g‘ri idrok eta olishga qaratilgan muammolar o‘rganiladi.Treningda bola shaxsining hatti-harakatlari tarkib topadi. Guruhga bo‘lgan munosabati shakllanadi. Qabul qilingan normalarga javob berishga o‘rganib boradi.Keyingi vaqtlarda trening guruhlarda ijtimoiy psixologik muhitni yaxshilash maqsadida o‘tkaziladi.Treningning nazariy va amaliy tomonini amerikalik olim K. Rodjers (1902 yil) tomonidan ishlab chiqilgan. Bu nazariya gumanistik psixologiya g‘oyalariga tayanadi va «Shaxsning o‘z-o‘zini faollashtirish» g‘oyasiga asoslangan nazariyasidir.K. Rodjers o‘zining bu g‘oyasini amerikalik psixolog K. Levinning (1890-1942y) «Guruxlar diagnostikasi» degan ilmiy ishiga asoslanib kashf etadi.Sobiq sovet psixologlaridan A. V. Petrovskiy, A. Xorash tomonidan trening nazariy va amaliy jihatdan ishlab chiqildi. Bu ikki olim asosan treningni amalga oshirishda rolli o‘yinlar va guruh bahsi metodidan foydalandilar. Bundan tashqari ishbilarmonlik o‘yinlar, ya’ni innovatsion o‘yinlardan foydalandilar.Guruhlarda turli muammoli vaziyatlar tashkil qilinib, guruh a’zolarining soni 7-15 kishini tashkil etadi.Shu vaziyatlarda gurux a’zolari ma’lum rollar bajaradilar. Ijtimoiy psixologik trening amaliy psixologiyaning sohalaridan biridir. Trening muomalaning kompitentlik tomonini rivojlantiradi.

Files

Tillayev Javlonbek Yusupjon O’g’li.pdf

Files (298.8 kB)

Name Size Download all
md5:69a45dd27522b1007f2c733e7ad4aeb3
298.8 kB Preview Download