Published May 30, 2022
| Version v1
Journal article
Open
BO'G'IN USTIDA ISHLASH
Authors/Creators
Description
Bo'g'in murakkab tushuncha bo'lgani uchun boshlang'ich sinflarda uning qoidasi berilmaydi. Dasturga ko'ra, o'quvchilarda so'zni bo'g'inlarga bo'lish ko'nikmasini shakllantirish vazifasi talab etiladi. O'quvchilar so'zni bo'g'inlarga bo'lishda so'zda nechta unli bo'lsa, shuncha bo'g'in bo'ladi, degan tushunchaga asoslanadilar. Bu tushunchani ular savod o'rgatish davridayoq hosil qiladilar.