Published October 21, 2022 | Version pdf
Journal article Open

Axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish

Authors/Creators

Description

Mustaqillik yillarining dastlabki kunlaridan boshlab mamlakatimizda axborotlashgan jamiyat qurish borasida keng islohatlar olib borilayotgan davrda yoshlarning axborot madaniyatini shakillantirish ta’lim tizimining muhim vazifalaridan biridir. O’quvchi va talabalarning axborot madaniyatini shakillantirish ta’lim muassasalarida va keying bosqichda Oliy ta’lim muassasalarida “Informatika va axborot texnologiyalari” fanini o’qitish davrida amalga oshiriladi. Shuning uchun, ta’lim muassasalarida “Informatika va axborot texnalogiyalari” fanini  zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalari asosida o’qitish muhim ahamiyat kasb etadi.Ushbu fan, birinchidan umum ta’lim fanlardan biri bo’lib hisoblansa, ikkinchidan fan doirasida olingan bilim, malaka va ko’nikmalarni  o’quvchilar bo’lg’usi kasbiy faoliyatlarida qo’llay olishlari kerak. Shuning uchun, ta’lim tizimidagi har qanday umum ta’lim fanning xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, “Informatika va axborot texnologiylari”  fanidan ham o’qitishning samaradorligini oshirish uchun kelgusida biz kasbiy faoliyatimizda o’quv maqsadlarimizni aniq va ravshan qo’yishimiz,  o’qitishdan kuzatiladigan natijani belgilashimiz va o’quv jarayonida innovatsion ta’lim texnologiyalarini joriy etishimiz lozim.

 Hozirgi davrda olimlar innovatsion ta’lim texnologiyalari tarkibini samarali usul  va vositalar asosida tizimlashtirib,  ularning  tub mohiyatini ochib berishga erishmoqdalar.  Ayniqsa,  axborot-kommunikatsiya texnologiyalarning jadal rivojlanishi axborot-ta’lim muhitini shakillantirishga va innovatsion darslarni tashkil etishga keng imkoniyatlarni ochib bermoqda.

Axborot tizimlarining asosiy vazifasi hodisa va jarayonlar kechishini boshqarish imkoniyatlarini yaratishdan iborat. Shuningdek, axborotlarga asoslangan, maqsadi oldindan belgilangan va shu maqsadga erishish dasturi ishlab chiqarilgan boshqariluvchi jarayonga maqsadli ta’sir ko’rsatadi.  Axborotlarni avloddan-avlodga uzatishning ahamiyati ta’lim – tarbiya ishining ahamiyati bilan hamohangdir.  Axborot texnologiyalari (AT) – bu tizim masalalar yechimini topish maqsadida axborotlarni yig’ish, qayta yig’ish, qayta tiklash, saqlash, ifodalash, tizimlash, uzatish va uni iste’molchiga foydalanishga qulay holga keltirsh jarayonini kompyuter va telekommunikatsiya vositalari yordamida amalga oshiriladigan, tartibga solingan amaliy dasturlar majmuasidir.  Axborot texnologiyalari – jarayonlarni boshqarishdagi asosiy manba bo’lib hisoblanadi.  Tayyorlangan ma’lumotlarni tizimga ajratish va qayta ishlash hamda kerakli maqsadlar bo’yicha qayta ishlangan ma’lumotlarni uzatishni o’z ichiga oladi. Axborotlashtirish  faqatgina fan va texnika yutug’i bo’lmasdan, balki ular ta’lim,  tarbiya, san’at, tibbiyot, iqtisodiyot, qishloq xo’jaligi, sanoat va shu kabi sohalarning rivojlanishida ham doimo omil bo’la oladi. Axborot- kommunikatsiya  texnologiyalari esa o’z navbatida motivlarni yuzaga keltiruvchi eng muhim omillardan biridir. Chunki, axborotlarning jamlanganligi, ko’rgazmaliligi, ya’ni turli xil taqdim etish imkoniyatlarining mavjudligi, animatsiyalardan foydalanish, ta’lim-tarbiya oluvchilarning yoshi va fiziologik xususiyatlariga mos axborotlarni taqdim etib borish o’quvchilarda  ta’limga bo’lgan qiziqishni va bilim olishga bo’lgan ichki harakatlantiruvchi  kuchlar (motiv) ni yuzaga keltiradi. Bu borada olib boriladigan ishlar mazmuni motivni  o’stirishga, uni qo’ya bilishni o’rgatishdan iborat. Axborotlashtirish  axborot jarayonlarini rivojlantirish vosita va sharoitlarining butun majmui bo’lib, tegishli texnik, bazani yaratish, tashkiliy, iqtisodiy, madaniy-ma’rifiy  islohotlar qilishni o’z ichiga oluvchi jarayon bo’lib, u ta’limni texnologiyalashtirishga keng imkoniyatlar yaratadi. Axborotlardan samarali foydalanish asosida faoliyat ko’rsatish quyidagi vazifalarni hal etishning ma’qul yo’llarini ta’minlab beradi:

- manba va unda kechadigan jarayon to’g’risidagi ma’lumotlarni qayta ishlash;

- jarayonlar kechishi haqidagi davriy ma’lumotlarni muntazam olib turish va ular asosida nazoratlar olib borish.

Eng so’nggi texnik yutuqlar ko’pincha ta’lim jarayonida o’zining munosib o’rnini egallagan, bu ma’noda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ham istisno emas.O’quv jarayonida kompyuterlardan foydalanish bo’yicha dastlabki tajribalar hisoblash texnikasidan foydalanish ta’lim jarayoni  samaradorligini sezilarli  darajada oshirishi, bilimlarni hisobga olish va baholashni yaxshilashi, qiyin vazifalarni hal qilishda o’qituvchining har bir ta’lim oluvchiga yakka tartibda yordam berishini  ta’minlash kabi imkoniyatlarni yaratadi.

Xulosa qilib aytish kerakki zamonaviy axborot texnologiyalari qo’llanilayotgan  bugun har yerda, har qadamda uchratish mumkin. O’quvchi- yoshlarni  zamonaviy axborot texnologiyalari va zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanishni o’rgatish, ularda o’z faoliyat sohasida yangi axborot texnologiyalari va interfaol usullardan foydalanish o’rganilayotgan mavzuning yana keng qamrovli  tushunib olishga , bilim ko’nikma va malakalarning  mustahkamlanishiga olib keladi.

Yana shuni aytish mumkin, ta’lim muassasalarida Informatika va axborot texnologiyalari fanini zamonaviy pedagogik texnologiyalar va interfaol usullardan foydalanish  darslarning mazmunli tashkil etilishi va talabalarda o’zlashtirish ko’rsatkichlarini oshirish hamda mustahkam bilim olishlariga yordam beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar.

 “Ta’lim to’g’risida”gi qonuni //Xalq ta’limi, 1997.No 5. S.4 -16.

www.search.re.o’z-O’zbekiston axborotlarni izlab topish tizimi.

Kadrlarni tayyorlash milliy dasturi // Xalq ta’limi. 1998. No 1.S.5-41.

Files

DEV.Axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish.pdf

Files (303.7 kB)