Published October 15, 2022 | Version pdf
Conference paper Open

Boshlang'ich sinf o'quchilariga fonetik tushunchalarni o'rgatishda foydalaniladigan didaktik usullar

Description

Ona tili o’qitish metodikasining metodologik asosi borliqni bilish nazariyasidir. Bu fanning bosh vazifasi o’quvchilarning o’zbek tili lug’at boyligini to’liq o’zlashtirib olishlarini ta’minlashdir.

Ma’lumki, jamiyatda til kishilar o’rtasidagi aloqaning zaruriy vositasidir. Tilning aloqa vositasi sifatidagi ahamiyati uzluksiz ortib boradi. Til borliqni oqilona, mantiqiy bilish vositasidir. Til birliklari yordamidagina bilish jarayonida umumlashtirish, tushunchani muhokama va xulosa bilan bog’lash amalga oshadi.

Til va nutq tafakkur bilan uzviy bog’lanadi. Tilni egallash va nutq o’stirish bilan o’quvchining fikrlash qobiliyati ham o’sib boradi.

Maktabning vazifasi tilni kishilar orasidagi munosabatning rivojlangan nozik quroliga aylantirish hisoblanadi.

Files

kind..Boshlang'ich sinf o'quchilariga fonetik tushunchalarni o'rgatishda foydalaniladigan didaktik usullar.pdf