Published October 13, 2022
| Version v1
Journal article
Open
DURAGAYLARNING GOMMOZ (XANTHOMONAS MALVACEARUM) KASALLIGIGA TOLERANTLIK DARAJASINING TAHLILI
Authors/Creators
Description
Gommoz kasalligi g‘o‘zaning bakteriya keltirib chiqaradigan kasalligi hisoblanadi. Gommozning rivojlanishi ob-havo sharoitlariga bog‘liq. Ko‘klamda va yozning birinchi yarmida ko‘p yog‘ingarchilik bo‘ladigan xududlarda g‘o‘za bu kasallik bilan kuchli darajada zararlanadi. Uning barglari, poyalari, ko‘saklari va tolalari kasallanadi. O‘simlik gommoz bilan kasallanganda faqat paxta hosiligina pasayib qolmay, chigitning urug‘lik sifati va tolaning texnologik ko‘rsatkichlari yomonlashadi.