TEXNOLOGIYA FANI DARSLARINI SAMARALI TASHKIL ETISHDA ZAMONAVIY YONDASHUVLAR
Authors/Creators
Description
Texnologiya fanini o‘zlashtirgan umumiy o‘rta ta’lim maktablari bitiruvchilari sanoat
sohasining barcha tarmoqlarida xususiy injiniring, ilmiy tadqiqot va tajriba konstruktorlik
bazalarining yanada rivojlanishi, boshqacha qilib aytganda yuqori qiymatli raqobatbardosh
sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilishida “drayver” rolini bajarishi zarur hisoblanadi.
Masalan, ishlab chiqarish jarayonlari yuqori darajada sanoatlashgan Buyuk Britaniya,
Fransiya, Germaniya, AQSH, Izrail, Janubiy Koreya, Xitoy Xalq Respublikasi va boshqa
rivojlangan davlatlar ta’lim tizimida ham texnologiya fani umumiy o‘rta ta’limning asosiy
bo‘g‘ini hisoblanib, jahon mehnat bozoriga malakali mutaxassislar tayyorlashning muhim
bosqichlari va tashkil etuvchilaridan biri deb qaraladi.