Published June 24, 2022 | Version v1

YEVROPA ITTIFOQIDA "YASHIL IQTISODIYOT"NI DAVLAT TOMONIDAN QO`LLAB-QUVVATLASH MEXANIZMI

Description

Barqaror iqtisodiy o`sishga erishishda, iqtisodiyotda modernizatsiyalash jarayoni va tarkibiy o`zgarishlarni amalga oshirishda, “Yashil iqtisodiyot”ni rivojlantirishda energetika tarmog‘ida resurslardan tejamkorlik bilan foydalanish alohida ahamiyat kasb etadi. Energetika tarmog‘ida resurslar samaradorligiga erishish talabning o‘zgarishiga va yangi turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishga xizmat qiladi. «Yashil energetika»ga o‘tish, innovatsion uskuna va texnologiyalarga talabni rag‘batlantiradi. Bu esa milliy  iqtisodiyotga «Yashil» tamoyillarni tatbiq etish uchun muhim hisoblanadi. Yoqilg‘i-energetika resurslarining yetishmovchiligi va ularga bo‘lgan narxlarning o‘zgaruvchanligi sharoitida, dunyo aholisining hamda iqtisodiyotning asosiy tarmoqlarida energetika resurslaridan oqilona foydalanish, shuningdek, an’anaviy energiya manbalaridan muqobil energiya manbalariga o‘tishga qaratilgan chora-tadbirlar barcha mamlakatlarda izchil amalga oshirilmoqda. Yangi «Yashil» me’yor va standartlarga o‘tilishi iste’molchilarni iqtisodiy madaniyati va moliyaviy savodxonligini oshishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, yuqori energiya samaradorligiga ega bo‘lgan tovarlarga talabning ortishiga sabab bo‘ladi hamda talab va taklif tarkibida o‘zgarishlar sodir bo‘lishiga olib keladi.

Files

ZDAF2309.pdf

Files (516.7 kB)

Name Size
md5:64cdfdb768d0e083bf6e17645e432621
516.7 kB Preview Download