Published June 12, 2022 | Version v1
Journal article Open

MATEMATIKA DARSLARIDA QIZIQARLI O`YINLARDAN FOYDALANISHNING SAMARALI USULLARI

  • 1. o`qituvchi

Description

Bugungi kunda barcha sohalarda olib borilayotgan islohotlar ta’lim tizimi oldiga ham ulkan vazifalarni qo’ymoqda. Bu albatta pedagoglar zimmasiga katta ma’suliyat yuklaydi. Shu maqsadda ishlab chiqilib, amaliyotga tadbiq etilayotgan dasturlar natijasida farzandlarimizni bizdan ko’ra kuchli, bilimli don ova albatta, baxtli bo’lishiga zamin yaratilmoqda.Ta’limning barcha bo’g’inlarini shunday tashkil etish kerakki, o’quvchilarga chuqur va asosli bilim berish bilan birga keng qamrovli fikrlashga o’rgatish lozim. Ta’lim jarayonida o’quvchining mustaqil bilim olish jarayoni shakllanib borishi bugungi kunning talabidir.

Eng asosiysi, darsda samaradorlikka erishiladi,mavzuni idrok etish osonlashadi, o’quvchilar dars jarayonida zerikmaydi.Fikrlash qobiliyati ta’limiy o’yinlarda ham, mehnatda ham rivojlanadi. Fikr esa inson oldida eng oddiy bo’lsada biror muammoni yoki vazifa tugagandagina paydo bo’ladi. Bunda ko’p narsa insonning aql-zakovatiga, intelektual qobilyatiga ham bog’liq. Ushbu maqolada boshlang’ich sinf  o’qituvchilari uchun matematika darslarida qiziqarli o’yinlarni o’tkazishda muhim omil bo’lib xizmat qiladi.Hozirgi davrdagi eng dolzarb muammolardan biri ta’lim sifatini oshirib, samaradorlikka erishishdan iboratdir. Buning uchun turli innovatsion texnologiyalardan foydalanish talab etiladi. Bolani dars davomida bilimni to’la mavzu asosida egallashiga bir xil faoliyat bilan erishib bo’lmaydi. Bu bolaning yosh qobiliyatini charchatadi, zeriktiradi. O’yin faoliyati esa yosh bolalarni qiziqarli hayotiy ehtiyojlarini qamrab, qiziqishlarini oshirib boradi.Har bir misol, masalani turli usullar, qiziqarli o’yinlar orqali ko’rsatib bajarish mumkin.

1-4-sinflarda misollar yechishda o’quvchilarni qiziqishlarini oshirish uchun ishlab chiqqan tajribalarim asosida sinalgan bir nechta qiziqarli o’yinlardan namunalar keltirmoqchiman.

Files

17-31.pdf

Files (1.6 MB)

Name Size Download all
md5:435986f387d2e1f6ecacd97edfa4bafe
1.6 MB Preview Download