Published May 29, 2022 | Version v1

DORIVOR O'SIMLIKLARNING FOYDALANILADIGAN ORGANLARI, HAMDA ULARNI TAYYORLASh MUDDATLARI

  • 1. Farg'ona davlat universiteti

Description

Dorivor o‘simliklarning turli organlari, yangi kurtagi, po‘stlog‘i, bargi, guli, urug, mеvasi, danagi, ildizi, ildizpoyasi hamda tugunaklaridan turli xil kasalliklarni davolashda qo‘llaniladigan dori-darmonlar ishlab chiqarishda foydalaniladi. Dorivor o‘simliklarning quvvatchanligi ular tarkibidagi biologik aktiv moddalar hamda turli murakkab tuzilishdagi birikmalarning faqat miqdoriga bog‘liq bo‘libgina qolmay, balki ko‘p jihatdan sifatiga ham bog‘liqdir. Dorivor o‘simliklarning ta’sir etish quvvati hamda yuqori sifatli bo‘lish davri o‘simliklarning gullash hamda urug‘lash davrining boshlanish vaqtiga to‘g‘ri kеladi. Ana shu payt o‘simlikning yеr ustki massalari yig‘ib olinadi. Urug‘ va mеvalari esa to‘liq pishganda, ildiz, ildizpoya hamda tugunaklari o‘sish davrining oxirida (o‘simlik uyquga kеtishi oldidan) yoki erta bahorda yeg‘ib olinadi.

Files

Asadova Muhabbat, Mamarasulov Jumanazar.pdf

Files (331.9 kB)

Name Size
md5:58c2d7468d7b55960db463cc02592707
331.9 kB Preview Download