BOLALAR FOLKLORI –XALQ OG'ZAKI IJODINING ALOHIDA YO'NALISHI SIFATIDA
Authors/Creators
Description
Xalq og‘zaki ijodi insoniyat tarixining ko‘zgusidir. Unda basharning asli, o‘zligi va ruhiy-maʼnaviy
dunyosi aks etadi. Folklorda kattalarning ijtimoiy-maishiy hayot bilan bog‘liq qarashlaridan tortib, shu
jarayonda bevosita ishtirokchiga aylangan bolalarning zavq-u shavqqa to‘la ohanglari, sho‘xlikka
qorishgan o‘yinlarigacha mujassam. Shu bois, bolalar folklori xalq og‘zaki ijodining tarkibiy qismi
hisoblanadi. Bolalar og‘zaki ijodi o‘ziga xos xususiyatlari, hajmi, janriy tarkibi, ijodkorligi va ijrochiligi
bilan ajralib turadi.