TA'LIMDAGI USTUVOR ISLOHOTLAR
Authors/Creators
Description
boshlig‘i
Maktabda olingan bilim insonning kelgusi hayot yo‘lini belgilaydi. Ko‘pchilik uni baho bilan
o‘lchaydi. Ammo baho bilimni belgilovchi aniq mezon emas. U o‘quvchilarni faollikka undovchi,
rag‘batlantiruvchi vosita, xolos. Har bir o‘qituvchining o‘z ish uslubi, baholash metodi bor. Qaysidir
o‘qituvchi uchun baho bu – rag‘bat yoki o‘quvchini 45 daqiqa ushlab turish vositasi. Shundanmi, bir
sinfdan ikkinchi sinfga o‘tgan bolaning bahosida keskin o‘zgarish yaqqol namoyon bo‘ladi. Yana,
pedagoglar orasida bahoni nisbatan yuqoriroq qo‘yuvchi yoki o‘quvchining bilim darajasi talabga javob
bersa-da, “5” ni tejaydiganlari bor. Bu usullarning qaysi biri to‘g‘riligi esa doimiy bahs talab mavzu.