Published May 15, 2022
| Version v1
Journal article
Open
TA'LIM MADANIYATI: SHAKLLANISH VA RIVOJLANISHNING FALSAFIY METODOLOGIK ASOSLARI
Authors/Creators
Description
Annotatsiya: Insoniyat yaratgan ma’naviy boyliklar orasida falsafa ilmida
to‘plangan hikmatlar xazinasi, atoqli faylasuflar merosi, ularning asarlari muhim
o‘rin tutadi. Insoniyat azal-azaldan olam va odam nima, ular qanday paydo bo‘lgan,
voqelik qanday qonuniyatlar asosida yashaydi, o‘zgaradi va taraqqiy etadi, degan
savollarga javob izlaydi. Umrning mazmuni nimadan iborat, avlodlar ortidan
avlodlar kelib ketaverishida qanday ma’no bor kabi masalalar barchani o‘ylantiradi.
Ushbu maqolada shakllanish va rivojlanishning falsafiy metodologik asoslari
xususida so'z yuritildi.