IJTIMOIY TARMOQLARNING YOSHLAR MA'NAVIY-AHLOQIY TARBIYASIGA TA'SIRI
Authors/Creators
Description
Internet fan-texnika taraqqiyoti natijasi, madaniyatning hosilasi hisoblanadi.
Hozirgi kunda hayotimizni internetsiz tasavvur qilish juda mushkul. Ayniqsa,
yoshlar hayotida global tarmoqning o’rni tobora oshib bormoqda. Internet
dunyoning turli nuqtalarida yashovchi odamlarning o’zaro muloqotini hamda
axborot almashinuvini mukammal darajada osonlashtirdi. Statistik ma’lumotlarga
ko’ra, dunyo bo’yicha internetdan eng ko’p foydalanuvchilar aynan 21 dan 30
yoshgacha bo’lgan yoshlar hisoblanar ekan.Yurtimizda ham Internet tizimi
rivojlanib, undan foydalanuvchilar safi jadal sur’atlar bilan kengayib bormoqda.
Internet-ommaviy va tezkor axborot vositasi. Bugun har bir yirik
muassasa,korxonavatashkilotlar o'zining shaxsiy WWW-sahifasiga ega.Internetga
bir necha minglab gazeta va jurnallning elektron variantikiritilgan.So’nggi o’n yilda
global tarmoqdan foydalanuvchilar o’n barobarga oshgan. Tarmoq orqali axborot
izlash, qabul qilish, uzatishning juda qulay va ommabopligi undan foydalanuvchilar
sonining tobora ortib borishini ta’minlamoqda.