XIX ASR IKKINCHI YARMIDA BUYUK BRITANIYA ICHKI SIYOSATINING ASOSIY YO'NALISHLARI
Authors/Creators
Description
Annotatsiya: Jahon hamjamiyatining ko‘p asrlik taraqqiyoti shundan dalolat
beradiki, turli tarixiy davrlarda Buyuk Britaniya kabi bir qator davlatlar o‘zining
sezilarli salohiyati va qudratiga tayangan holda dunyoning umumiy rivojlanishiga
katta ta’sir ko‘rsatgan, jahon siyosatidagi vaziyatni belgilab bergan. Bunday holat
hozirgi kunda ham kuzatilmoqda. Demak, zamonaviy jarayonlarni to‘g‘ri anglab
yetish uchun ularning tarixiy ildizlarini atroflicha o‘rganish zarur. Hozirgi kun
xalqaro maydonda ro‘y berayotgan jarayonlarning deyarli barchasi oldingi tarixiy
davrlar bilan chambarchas bog‘liqdir va o‘ziga xos tarixiy ildizlarga egadir. Bunday
tarixiy ildizlarni atroflicha o‘rganish bugungi kun voqealarni to‘g‘ri tushunish va
chuqur anglab yetish imkoniyatini yaratadi. Dunyo mamlakatlari tarixini o’rganish
jarayonida ushbu mamlakatlarning ichki siyosatda amalga oshirgan islohotlarini
atroflicha o’rganish muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu maqolada biz Buyuk
Britaniyaning XIX asr ikkinchi yarmida ichki siyosatining asosiy yo’nalishlarini
siyosiy partiyalar faoliyati, ta’lim tizimi hamda kasaba uyushmalari faoliyati
misolida tahlil qilib o’tishga harakat qilamiz.