O'TKIR PIELONEFRITNING AHAMIYATI VA DAVO CHORALARI
Authors/Creators
- 1. Toshkent Pediatriya Tibbiyot Instituti, Tibbiy pedagogika va davolash fakulteti 3- kurs talabasi
Description
Annotatsiya. O’tkir pielonefrit – buyrak xastaliklari orasida eng keng
tarqalgan kasallik. Bu xastalik 100 000 aholidan 100 tasida aniqlanadi. Ko‘proq,
o‘smir qizlarda va yosh ayollarda uchraydi. Shuningdek, homiladorlikda ham
kasallik rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratadi. yuqori siydik chiqaruv yo‘llari
infeksiyasi hisoblanib, unda buyraklarning jomchalari, kosachalari, parenximasi va
interstitsional to‘qimasi yallig‘lanadi. Yallig‘lanish yuqori siydik yo‘llariga
infeksiya tushishidan kelib chiqadi. Yuqori siydik yo‘llariga infeksiya tushishi
pastdan yuqoriga ko‘tarilishi bilan va qon orqali (gematogen yo‘l) tarqaladi. Siydik
infeksiyasining sababi 75% hollarda ichak tayoqchasi bakteriyasi hisoblanadi.
O’tkir pielonefrit uchun kasallikning to’satdan namoyon bo’lishi va tana
haroratining 39-40 °C gacha oshishi xosdir. Gipertermiya ko’p terlash, ishtahaning
yo’qolishi, tashnalik, tez-tez siyish, kuchli holsizlik, bosh og’rig’i, ba’zan ko’ngil
aynishi va qayt qilish bilan birga kechadi. Haroratning ko’tarilishi bilan bir vaqtda
bel sohasida o’tmas og’riq (odatda bir tomonlama) paydo bo’ladi.