O`ZBEKISTON RANGTASVIR SAN'ATIDA PORTRETCHI RASSOMLAR IJODINING TUTGAN O`RNI
Authors/Creators
- 1. Namangan Davlat Universiteti, Tasviriy san'at va muhandislik grafikasi yo'nalishi 2-kurs talabasi
- 2. lmiy rahbar
Description
XX asr O`zbekiston rangtasvir san`atida ulkan kashfiyotlar va yutuqlar davri
bo`ldi. Tasviriy san`at maktabi shakllana boshladi va rivojlandi. Rassomlar turli
ramziy obraz va shartli belgilardan, rang, shakl, chiziq, faktura imkoniyatlaridan
to`liqroq foydalanishga intildilar. Bu izlanish va tajribalar 50-yillarning oxiri, 60-
yillarda san`at olamiga kirib kelgan, professional ta`limni Moskva, Peterburg,
Toshkent oliy dargohlarida olgan ijodkorlar tomonidan amalga oshirildi. O`z
faoliyatini ancha ilgari boshlagan san`at ahli ijodida ham g’oyaviy-plastik
o`zgarishlar sezila boshlandi. Bu davr izlanishlari milliy va jahon madaniy merosini
qayta baholab, undan davrga mos yo`nalishlarini qo`llash imkoniyatlarini ochdi. XX
asr san`atida sodir bo`lgan jarayonlar ham rassomlar nazaridan chetda qolmadi.
endilikda voqelikni ko`tarinki ruhda tasvirlashdan o`zlarining hissiy kechinma,
tuyg’ularini tahlil etishga, ularni rang, chiziq, shakl tuslanishlarida ifodalashga o`ta
boshladilar. Milliy uslub rivojlanib bordi.