Published February 8, 2022 | Version v1
Journal article Open

"GLYCYRRHIZA GLABRA LINN" OʻSIMLIGINING OʻZBEKISTONDA TARQALISHI VA YETISHTIRISH TEXNOLOGIYASI

  • 1. Oʻzbekiston Milliy universiteti Mikrobiologiya va biotexnologiya kafedrasi tayanch doktoranti
  • 2. Oʻzbekiston Milliy universiteti Mikrobiologiya va biotexnologiya kafedrasi dotsenti

Description

Tabiatda shunday oʻsimliklar borki, ular shoʻrlangan, qurgʻoqchil yerlarda ham oʻsa oladi va tuproq unumdorligi oshiradi, tuproq sifatini yaxshilaydi.

Leguminosae oilasiga mansub shunday oʻsimliklardan biri qizilmiya , ilmiy nomi esa Glycyrrhiza glabra Linn dir.

Glycyrrhiza glabra Linn tuproqni organik moddalar bilan boyitish va tuproqning fizik-kimyoviy xossalari va biologik faolligini yaxshilash funksiyasiga ega, buzilgan shoʻrlangan tuproqlarning unumdorligini oshira oladi.

Oʻzbekistonda sugʻoriladigan yerlarning 49 foizi shoʻrlanishdan zarar koʻradi va degradatsiyaga uchragan tashlandiq yerlar koʻp. Tuproq xossalarini yomonlashgan va sugʻorish suvidan koʻp miqdorda foydalanishni talab qiluvchi yerlarni shoʻrsizlantirishning zamonaviy amaliyotida qizilmiya yetishtirish unumdorlikni tiklashning biologik usuli boʻlishi mumkin.

Files

223-232.pdf

Files (800.8 kB)

Name Size Download all
md5:6a4e4e1e4b9f4af6d6d732eb05243f87
800.8 kB Preview Download