IJTIMOIY HAYOTDA ALTURIZM TUSHUNCHASI
Description
Anotatsiya : Ushbu maqolada alturistik xulq, shaxslarda alturizm paydo bo’lishi va kechish jarayonini keltirib o’tamiz.
Alturizm tushunchasini bir so’z bilan ifodalaydigan bo’lsam , alturizm – bu boshqalarga hech qanday manfaatlarsiz beg’araz yordam berishdir .
Ho’sh jamiyatdagi barcha odamlar alturizm harakteriga ega bo’ladimi, albatta yo’q negaki, barchada ham alturistik harakatlarni amalga oshiradigan vaziyat paydo bo’masligi yoki vaziyat paydo bo’ganda ham ular buni istamaslikilari ham mumkin.
“Nega” degan savol tug’iladi, chunki haqiqiy ma’nodagi alturizm asosida hech qanday manfaat kutmaslik yotishi shu bilan asoslanadiki, altruist odam har doim, hammaga, hattoki buning evaziga hech narsa olmasligini bilib tursa ham shu vaziyatning o’zida tab tortmay ziyon ko’rsa ham, jonini fido qilib bo’lsa ham yordam berishi yotadi
Alturizm atamasini fanga XIX asr oxirida Augosti Kont kiritgan va alturizm va xudbinlik insonlarga hatto hayvonlarga hos xususiyat ekanligini keltirib o’tadi , ammo alturizm insonlarda eng yuqori darajaga yetadigan hislatdir, chunki aynan alturizm intellekt va axloq uchun eng kuchli turtki bo’lib xizmat qiladi deydi.
Yana bir olim A.Spenser alturizmni “universial” deb biladi, negaki alturizm ma’naviyatning, insonparvarlikning ibtidosidir. Alturizm birinchi navbat oilaga g’amxo’rlik va himoya qilishdan boshlanadi va asta sekin bu xulq – atvorga aylanib boradi.
Files
87-89_------------.pdf
Files
(612.5 kB)
| Name | Size | Download all |
|---|---|---|
|
md5:3bfae1b70e46fd7e56ab45feb893ff39
|
612.5 kB | Preview Download |