Published November 30, 2021 | Version v1
Journal article Open

TURKISTON GENERAL-GUBERNATORLIGI

  • 1. Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumani 1-sonli IDUM tarix fani oʻqituvchisi

Description

Annontatsiya:  Turkiston  general-gubernatorligi (rus.Туркестанское  генерал-
губернаторство) — maʼmuriyhududiy birlik.  

 Rossiya  Imperiyasibosib  olgan  Gʻarbiy  Turkiston hududida  Rossiya 
imperatori Aleksandr  II farmoni  bilan  tashkil  etilgan  (1867-yil 11-iyul).  Xuddi 
shu  yili  Turkiston  harbiy  okrugi  ham  tuzilgan.  Turkistonning  birinchi 
generalgubernatori  etib  rus  podshosining  yaqin  mulozimi  generaladʼyutant 
K.P.fon  Kaufman  tayinlandi.  U  14  yil  mobaynida  (1867—1881-
yillarda)Turkiston oʻlkasini qattiqqoʻllik bilan boshqargan.   
         Kavkaz, Boltiqboʻyi oʻlkalaridagi  ozodlik  harakatlarini  bostirishda  tajribali 
maʼmur va usta siyosatchi ekanligini koʻrsatgan fon  Kaufmanni  "Turkistonning 
Bunyodkori"  deb  ulugʻlashgan.  U Toshkentjamoatchiligi  vakillari  yigʻilishi 
(1868-yil 22-yanvar)da  birinchi  bor ruslarni Turkiston  xalqlarining  "Katta 
Ogʻasi"  deb  atagan.  Turkiston  19-asrning  boshlarida  Britaniya  Imperiyasi  va 
Rossiya  Imperiyasi  orasidatortishuvlarga  sabab  boʻlgan.  Rossiya  imperatori  fon 
Kaufmanga  oʻlkani  boshqarishda  cheklanmagan huquq  va  vakolatlar  bergan, 
natijada  uni  xalq  "Yarim  Podsho"  deb  bilgan.  Ichki  va  tashqi  siyosatda  uning 
erkin ish yuritishi mumkinligi imperator tomonidan berilgan "Oltin Yorliq"da oʻz 
aksini   topgan. 

Files

130-132.pdf

Files (744.7 kB)

Name Size Download all
md5:7d47b8b859b56cf7be8b3907384ed5f6
744.7 kB Preview Download