BOSHLANG'ICH SINFLARNI O'QITISHDAGI INOVATSION USULLAR
Authors/Creators
- 1. Farg'ona viloyati Oltiariq tumani 26-umumiy o'rta ta'lim maktabi
Description
Anotatsiya: Ushbu maqolada boshlang‘ich sinflarda o‘qitish uslubi va ta’lim
texnologiyalari, hozirgi zamon innovatsiyalaridan foydalanish, yangi ta’lim
texnikalari, o`qitish samaradorligini oshirish bo’yicha fikrlar keltirilgan.
“Yoshlikda olingan bilim, toshga o’yilgan naqsh kabidir” (xalq maqoli)
Darhaqiqat yoshlikdagi bilim hayotimizni toshga o’yilgan naqsh kabi
umrimizni oxirigacha hayotimiz sahifalarini mazmunli boyitishga xizmat
qiladi. Kelajak avlodga ta’lim berishda Boshlang’ich ta’lim o’qituvchilariga
juda ma’suliyat yuklanadi. Bolalarni erkin fikrlovchi, yangilikka intiluvchi va
barkamol inson qilib tarbiyalash boshlang`ich sinflardan olib boriladi, bu jarayon
muhim vazifalardan biridir. Shu sababdan ham ta’lim mazmuni tubdan yangilanib
borilmoqda. Kichik maktab yoshi davrida bolada mustaqil ta’lim olish motivlari
yuzaga kelib, ular eng oddiy shaklda - bilimlarni olish bilan birgalikda
qo‘shimcha manbalarga va turli mavzulardagi kitoblarni o‘qishga qiziqishi bilan
yuzaga keladi.