Published November 30, 2021 | Version v1
Journal article Open

DEN SYAOPIN – XITOYNI O`ZGARTIRA OLGAN YIRIK DAVLAT ARBOBI

  • 1. Namangan davlat universiteti Tarix magistratura mutaxasisligi 2-bosqich magistranti, Namangan tumani XTB ga qarashli 26-maktab tarix fani o`qituvchisi

Description

ANNOTATSIYA :
        Mazkur  maqolada  XX  asr  Xitoy  davlatining  ijtimoiy-iqtisodiy  va  siyosiy 
hayoti,rivojlanish omillari,tarixiy taraqqiyot qonuniyatlari tahlil etiladi. Xitoyni 
bugungi  rivojlanish  asoslarini  yaratgan  davlat  arbobi  Den  Syaopin  hayoti  va 
faoliyati ilmiy manbalar asosida yoritib beriladi.  

 Mashhur  fransuz  imperatori  Napoleon  Bonapart  bundan  200  yillar  oldin 
shunday degan edi: “ Xitoyliklarni ”uyg`otmang”, aks holda dunyoni hammasini 
egallab  oladi”.  Haqiqatan  ham  bugun  Xitoy  Xalq  Respublikasi  dunyoda 
AQSHdan  so`ng  ikkinchi  eng  yirik  iqtisodiyotga  ega  bo`lib    turgan  davlat 
hisoblanadi.  Yaqin  orada  birinchi  o`ringa  chiqish  ehtimolini  barcha  iqtisod 
nazariyotchilari tahmin qilmoqdalar. Xitoy hududining atigi 17 foizida odamlar 
yashaydi.  Lekin  shu  yerda  1,5  milliardga  yaqin  odam  yashab,  Xitoyni  eng 
rivojlangan  davlatga  aylanishi  uchun  tinimsiz  mehnat  qilmoqda,  yangiliklar, 
ixtirolar,  innovatsiyalar  yaratmoqdalar.  Dunyoda  har  beshta  insondan  bittasi 
xitoylik ekanligini ham albatta, unutmaslik lozim. Lekin Xitoy XX asr o`rtalarida 
ham bu qadar jadallik bilan rivojlanmayotgan edi. Ular “uyquda” yotgan edilar. 

Files

25. 123-126_DEN SYAOPIN – XITOYNI O`ZGARTIRA OLGAN YIRIK DAVLAT ARBOBI NAJMIDDINOV QODIRJON MURODJON O`G`LI.pdf