BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARIDA KREATIV FIKRLASH KO'NIKMALARINI, MUAMMONI HAL ETA OLISH KOMPETENTLIGINI SHAKLLANTIRISH
Authors/Creators
- 1. Xorazm viloyati Urganch shahar 14-sonli maktab boshlang'ich sinf o'qituvchisi
Description
Annotatsiya: Boshlang‘ich ta’limda o‘quvchilarning ijodiy faoliyatlarini
rivojlantirishda qiziqarli va muammoli, mantiqiy topshiriq ta’lim metodlaridan va
o‘yindan foydalanish ham maqsadga muvofiq.
Bunda ta’lim jarayoni unumdorligi oshadi, o‘quvchilarning mustaqil fikrlash
jarayoni shakllanadi, o‘quvchilarda bilimga ishtiyoq va qiziqish oshadi, bilimlarni
mustahkam o‘zlashtirish, ulardan amaliyotda erkin foydalanish ko‘nikma va
malakalari shakllanadi. Bunday topshiriqlar o‘quvchilar qobiliyati, imkoniyati va
ehtiyojlarini hisobga olgan holda amalga oshirilishi lozim.
Kalit so’zlar: Ijodiy faoliyat, mashg‘ulotlar ,evristik muammoli vaziyatlar, ta’lim
dasturlari, o‘qitilayotgan o‘quv predmetlarining tahliliy natijalari, ijodkorlik,
kreativlik.
Bugungi kunda ilmiy, uslubiy adabiyotlarda «ijod», «ijodkorlik» kabi atamalarni
uchratib qolmoqdamiz. Bu atamalarning adabiyotlar sahifalarida paydo
bo‘lganligi bejiz emas.