Published November 30, 2021 | Version v1
Journal article Open

ADABIY VA MANTIQIY O'QISH

  • 1. Qoraqalpog'iston Respublikasi Qo'ng'irot tuman 31-maktab Boshlang'ich sinf o'qituvchisi

Description

Annontatsiya: Boshlang'ich ta'lim tizimida mantiqiy o'qish (matnni to'g'ri, 
tushunib, tez (me'yorida) o'qish) va adabiy o'qish mukammal o'zlashtirilganidan 
so'ng ifodali o'qishga o'tiladi. U yod olingan she'riy asarlarni ifodali o'qishni ham 
o'z ichiga oladi. Ifodali o'qishning muvaffaqiyati o'quvchilarning asar mazmuni, 
g'oyaviy-badiiy  xususiyatlari  haqida  muayyan  tushunchaga  ega  bo'lishi  bilan 
bog'liq. 

Nasriy asarlarni ifodali o'qishdan oldin unda qanday g'oya ilgari surilayotganini 
aniqlash zarur. Masalan, 4-sinfda X. To'xtaboyevning ,,Xatosini tushungan bola" 
hikoyasini  ifodali  o'qishdan  oldin  o'quvchilarga  xatosini  tushungan  bola  kirn 
ekanligi,  lining  xatosi  nimalardan  iborat  bo'lganligi,  maqtanchoqlikning  illat 
ekanligi to'g'risida tushuncha beriiadi. 
Ifodali  o'qish  oldiga  qo'yilgan  bu  talab  M.Abdurashidxonovning  ,,Harkim 
ekkanin o'rar", Sh.Sa'dullaning ,,Laqma it", A. Oripovning ,,Dehqonbobo va o'n 
uch bolakay qissasi" kabi she'riy hikoyalarini o'qishga ham xosdir. 
Badiiy o'qish. Badiiy o'qish ifodali o'qishning yuksak bosqichi hisoblanadi. Unda 
so'z san'atining barcha komponentlari ishtirok etadi. U o'quvchidan asar nihiga 
batamom  kirishni,  san'atkorona  o'qishni  talab  etadi.  Badiiy  o'qishda  asar 
qahramonlarining  ruhiy  holati,  kechinmalari  to'la  anglab  etilgandagina 
ta'sirchanlikka  erishish  mumkin.  Badiiy  o'qishga  tayyorgarlik  ko'rishda 
aktyorlarning  audio-video  tasmalarga  yozilgan  ijrolaridan  foydalanish  yaxshi 
samara beradi. 

Files

18. 87-90_ADABIY VA MANTIQIY O’QISH.pdf

Files (650.7 kB)

Name Size Download all
md5:d272c71a478f8aa1bda3ea98c166cedc
650.7 kB Preview Download