Published November 30, 2021 | Version v1

ALISHER NAVOIY ASARLARINI MAKTAB TA`LIMIDA O`RGATILISHI

  • 1. Toshkent shahar Mirzo Ulug'bek tumani 207- umumiy o`rta ta`lim maktabi ona tili va adabiyoti fani o'qituvchisi

Description

Annotatsiya: Ushbu  maqolada  g`azal  mulkining  sultoni  Hazrat  Mir  Alisher 
Navoiyning  hikmatlari,  to`rtliklari  haqida  batafsil  bayon  etilgan.Barcha 
umumta`lim maktablari o`qituvchilari foydalanishi mumkin.  
Alisher  Navoiy  asarlarida  ilm,  ma`naviyat,  saodat,  hayotga  oid  ko`plab 
hikmatlar mavjud.Bular, Komil inson kim?, Najot qayerda?, Dunyo hayotining 
mazmun – mohiyati nima?, Insonning dunyoga kelish maqsadi nimadan iborat? 
kabi  savollarga  mukammal  javob  beradi.Ochiq  yuz  bilan,  minnatsiz  qilingan 
yaxshilik  saxovat  ustiga  saxovatdir,  deydi  shoir.  Alisher  Navoiy  hikmatlarini 
anglay olish uchun ―May, ―Yor, ―Ishq, ―Qalb kabi tasavvufiy istilohlardan 
ham xabardor bo`lish maqsadga muvofiqdir.Aks holda bu hikmatlarni yanglish 
tushunish mumkin.  
Biz  Alisher  Navoiyni  mutafakkir  shoir  sifatida  bilamiz.Mutafakkir 
so`zining ma`nosi tafakkur sohibi, keng va chuqur falsafiy mushohada yuritish 
qobiliyatiga ega kishi demakdir. Mutaffakir adib, birinchidan, chuqur bilim, keng 
dunyoqarash,  katta  hayotiy  tajribaga  ega  bo`lishi,  ikkinchidan  hayot,  inson  va 
umrning ma`no – mazmuni, ezgulik va yovuzlik, muhabbat va nafrat, halol va 
harom,  fano  va  baqo,  nafosat  va  qabohat,  do`stlik  va  dushmanlik,  diyonat  va 
xiyonat kabi azaliy va abadiy tushunchalarning mohiyatini teran anglab yetishi va 
falsafiy nuqtai nazardan tahlil qila olishi, uchinchidan, fikr- mulohazalarini turli                      
badiiy ta`sir vositalari yordamida aniq, lo`nda va ta`sirchan ifodalash mahoratni 
egallashi kerak.Bu qobiliyat hammaga ham nasib etmaydi. 

Files

08. 34-37_ALISHER NAVOIY ASARLARINI MAKTAB TA`LIMIDA O`RGATILISHI.pdf

Files (554.6 kB)