Published November 30, 2021 | Version v1

KIMYO FANINI O'QITISH JARAYONIDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH

  • 1. Samarqand viloyati Ishtixon tumani 53-maktabning kimyo fani o'qituvchisi

Description

Annotatsiya:  Maqolada    kimyo  fanini  o‘qitish    jarayonida  innovatsion 
texnologiyalardan foydalanish .O’quvchilarda kimyo faniga bo’lgan qiziqish va 
mehr  va  predmetga  mas’uliyatli  munosabat  uyg’otish,  kimyo  fanining  hozirgi 
davrdagi roli va o’rni haqida to’g’ri tasavvur shakllantirish haqida. 

Kirish:Ta'lim-tarbiya  jarayoniga  kompetensiyali  yondoshuv  o'qitish 
maqsadlariga  erishish  uchun  ta'lim  mazmunini  boyitish  o'quv  jarayonini 
innovatsion texnologiyalar asosida tashkil etish va natijalarini tahlil etishga imkon 
beradigan  umumiy  prinsiplar  yig'indisi  sanaladi.  Umumiy  o’rta  ta’lim 
maktablaridagi kimyo fani ta’limi pedagogik jarayonining ajralmas tarkibiy qismi 
bo’lib, ta’limning umumiy maqsadlariga muvofiq o’quvchi shaxsini tarbiyalashga 
xizmat qiladi.  
       Respublikamiz  mustaqilligining  dastlabki  yillarida  ta’lim-  tarbiya  sohasini 
isloh qilish natijasida to’plangan tajribalar, chiqarilgan bir qator xulosalar asosida 
amaldagi  ta’lim-tarbiya  tizimini  hozirgi  taraqqiyot  va  kelgusidagi  talablar 
darajasiga  ko’tarishga,  uni  takomillashtirishga  jiddiy  e’tibor  berish  zarurligi 
ta’lim-  tarbiyaning  uzluksizligini  ta’minlashdan  kelib  chiqib,  «Kadrlar 
tayyorlashning  Milliy dasturi» va «Ta’lim to’g’risida»gi Qonun O’zbekiston Respublikasi 
Oliy majlisining  IX sessiyasida muhokama qilindi va tasdiqlandi. 

 

Files

07. 29-33_KIMYO FANINI O‘QITISH JARAYONIDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH.pdf

Files (731.2 kB)