O'ZBEKISTONDA O'QITUVCHI VA TALABALARNING RAQAMLI, AXBOROT VA MEDIA KOMPETENSIYALARIGA OID DISSERTATSIYA TADQIQOTLARI (2023–2026): TIZIMLI SHARH
Authors/Creators
- 1. O'zbekiston milliy pedagogika universiteti tayanch doktoranti
Description
Muammo. O‘zbekistonda so‘nggi yillarda raqamli, axborot va media kompetensiyalarga oid dissertatsiyalar soni ortib bormoqda, biroq ularning nazariy va metodologik xususiyatlari umumlashtirilmagan. Maqsad. 2023–2026-yillarda himoya qilingan yoki himoyaga taqdim etilgan pedagogika fanlari bo‘yicha dissertatsiyalarning tadqiqot obyekti, asosiy tushunchalari, komponentlari va tajriba-sinov metodologiyasini tahlil qilish. Metodlar. Ochiq elektron manbalarda maqsadli qidiruv o‘tkazilib, saralash mezonlariga javob bergan 7 ta dissertatsiya avtoreferati oldindan belgilangan shakl bo‘yicha kodlandi va natijalar narrativ hamda miqdoriy sintez qilindi. Natijalar. Ishlarning 6 tasida motivatsion yoki kognitiv, 5 tasida faoliyatli komponentlar aniq ajratilgan, axborotni tanqidiy baholash esa birorta ishda alohida komponent yoki mezon sifatida ajratilmagan; mediasavodxonlik 3 ta ishda faqat qisman aks etgan. Tajriba-sinovda asosan Styudent t-mezoni va samaradorlik koeffitsiyenti qo‘llanilgan, effekt o‘lchami birorta ishda hisoblanmagan. Xulosa. Milliy tadqiqotlarda tanqidiy-tahliliy va media yo‘nalishi hamda tajriba natijalarini statistik baholashning zamonaviy usullari yetarlicha aks etmagan.