BOLADA MUSTAQILLIK VA MAS'ULIYAT TUYG'USINI SHAKLLANTIRISHNING YOSH XUSUSIYATLARI
Authors/Creators
- 1. Qo'qon Universiteti Maktabgacha ta'lim yo'nalishi talabasi
Description
Maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarda mustaqillik va mas'uliyat tuyg'usini shakllantirishning yosh xususiyatlari pedagogik va psixologik jihatdan yoritilgan. Bolaning shaxs sifatida rivojlanishida mustaqil harakat qilish, o'z faoliyatini tashkil etish, topshiriqlarni bajarish va o'z xatti-harakatlari uchun javob berish ko'nikmalarining ahamiyati ochib berilgan. Shuningdek, maktabgacha yoshdagi bolalarning yosh davrlariga xos psixologik xususiyatlari, ularning mustaqil faoliyatga bo'lgan ehtiyoji va mas'uliyatni anglash jarayoni tahlil qilingan. Mavzuga oid ilmiy-pedagogik adabiyotlar o'rganilib, bolalarda ushbu sifatlarni rivojlantirishda o'yin faoliyati, mehnat topshiriqlari, kundalik mashg'ulotlar hamda kattalarning shaxsiy namunasidan foydalanish imkoniyatlari ko'rib chiqilgan. Mustaqillik va mas'uliyatning shakllanishida oila hamda maktabgacha ta'lim tashkiloti o'rtasidagi hamkorlikning o'rni asoslab berilgan. Maqolada bolalarning yosh va individual xususiyatlarini hisobga olgan holda ularga mustaqil faoliyat yuritish imkoniyatini yaratish, topshiriqlarni bajarishga o'rgatish va ijobiy xatti-harakatlarini rag'batlantirish bo'yicha tavsiyalar berilgan. Tadqiqot natijalari maktabgacha ta'lim jarayonida bolalarning mustaqilligi va mas'uliyatini rivojlantirishga qaratilgan tarbiyaviy ishlarni takomillashtirishga xizmat qiladi.
Files
942-948.pdf
Additional details
References
- Anvarova, Y. (2025). Maktabgacha yoshdagi bolalarda mustaqil faoliyatni shakllantirishda qo'l mehnati vazifalari va metodlari. Maktabgacha ta'lim tizimini transformatsiyalash sharoitida milliy islohotlar va xalqaro tajribaning uyg'unligi (pp. 439–443). Xalqaro konferensiya materiallari.
- Copple, C., & Bredekamp, S. (Eds.). (2009). Developmentally appropriate practice in early childhood programs serving children from birth through age 8 (3rd ed.). National Association for the Education of Young Children.
- Murodova, M. A., & Xushnazarova, M. (2024). Maktabgacha yoshdagi bolalarda mas'uliyat hissini shakllantirishda MTT va ota-onalar hamkorligi. Inter Education & Global Study, 10(1), 199–206.
- National Association for the Education of Young Children. (2020). Developmentally appropriate practice: A position statement of the National Association for the Education of Young Children. https://www.naeyc.org/resources/position-statements/dap
- O'zbekiston Respublikasi. (2019, 16-dekabr). Maktabgacha ta'lim va tarbiya to'g'risida (O'RQ-595-son Qonun). https://lex.uz/uz/docs/-4646908