Published November 24, 2026 | Version v1
Other Open

BADIIY TARJIMADA INTERTEKSTUALLIKNI QABUL QILISHNING PSIXOLINGVISTIK JIHATLARI: KOGNITIV YUKLAMA VA FON BILIMLARI DIALEKTIKASI

Description

Annotatsiya: Maqolada badiiy tarjimada intertekstual alluziyalarni o‘quvchi tomonidan qabul qilishning psixolingvistik mexanizmlari tadqiq etiladi. Tadqiqotning nazariy asosini kognitiv yuklama nazariyasi (Sweller, 1988), freym semantikasi (Fillmore, 1982) va alluziyani qabul qilishning uch bosqichli modeli (aniqlash – bog‘lash – talqin qilish) tashkil etadi. Metodologik jihatdan intertekstual qabul qilish jarayoni “pastdan yuqoriga” (matniy signal) va “yuqoridan pastga” (fon bilimlari) strategiyalarining o‘zaro ta’siri sifatida modellashtirildi. Tadqiqotning asosiy natijasi shundan iboratki, tarjima matnida alluziyaning eksplikatsiyasi qisqa muddatda tushunishni osonlashtirsa-da, uzoq muddatda o‘quvchining intertekstual kompetensiyasini pasaytiradi va matnning estetik salohiyatini siqiq qiladi. Amaliy qismda O‘. Hoshimovning “Dunyoning ishlari” asari va uning inglizcha tarjimasidagi folklor-mifologik alluziyalar misolida kognitiv yuklamaning miqdoriy va sifat ko‘rsatkichlari tahlil qilindi. Xulosa qilib, intertekstual qabul qilishning ikki qavatli modeli - “tezkor tushunish” va “kechiktirilgan estetik zavq” - taklif etildi hamda tarjima strategiyasini tanlashda ushbu ikki qavat muvozanatini saqlash zarurati asoslandi.

Files

Normurodova Oygul Bobirjon qizi.pdf

Files (622.6 kB)

Name Size
md5:7dc9e23901d8fbc2fee0ca6b732b43d8
622.6 kB Preview Download

Additional details

Dates

Other
2026-11-20
DOI