Published November 3, 2026 | Version v1

Sanoat korxonalarida yashil iqtisodiyotga otishni ragʻbatlantiruvchi iqtisodiy omillar

  • 1. Olmaliq davlat texnika instituti

Contributors

  • 1. Tashkent Institute of Chemical Technology

Description

Sanoat korxonalarida yashil iqtisodiyotga o'tish barqaror rivojlanishni ta'minlash, tabiiy resurslardan samarali foydalanish va atrof-muhitga salbiy ta'sirni kamaytirishda muhim ahamiyatga ega. Ushbu maqolada sanoat korxonalarini ekologik xavfsiz texnologiyalar va ishlab chiqarish usullarini joriy etishga undovchi iqtisodiy omillar tahlil qilinadi. Jumladan, moliyaviy rag'batlantirish, investitsiyalar, energiya samaradorligi, resurslardan unumli foydalanish, bozor talabi va davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash masalalariga e'tibor qaratiladi. Yashil iqtisodiyotga o'tishning asosiy iqtisodiy omillaridan biri ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirishdir. Zamonaviy uskunalar, energiya tejamkor texnologiyalar, suvni qayta ishlatish tizimlari va chiqindilarni kamaytirish orqali elektr energiyasi, yoqilg'i, xomashyo hamda suv sarfini qisqartirish mumkin. Dastlabki investitsiyalar talab etilishiga qaramay, bunday yechimlar uzoq muddatda iqtisodiy tejamkorlikni ta'minlaydi va korxonalarning raqobatbardoshligini oshiradi.Davlat tomonidan beriladigan imtiyozli kreditlar, subsidiyalar, soliq yengilliklari va ekologik loyihalarni moliyalashtirish imkoniyatlari korxonalarning yashil texnologiyalarga o'tishini tezlashtiradi. Shuningdek, ekologik talablarning kuchayishi korxonalarni ishlab chiqarishni modernizatsiya qilishga undaydi. Bozor talabi ham muhim omil hisoblanadi. Ekologik toza mahsulotlarga bo'lgan qiziqishning ortishi korxonalarga yangi bozorlarni egallash, investorlarni jalb qilish va iste'molchilar ishonchini mustahkamlash imkonini beradi. Chiqindilarni qayta ishlash va ikkilamchi xomashyodan foydalanish esa qo'shimcha iqtisodiy qiymat yaratadi. Xulosa qilib aytganda, sanoat korxonalarida yashil iqtisodiyotga o'tish moliyaviy rag'batlar, davlat siyosati, innovatsion texnologiyalar va bozor mexanizmlarining o'zaro uyg'unligiga bog'liq. Ushbu omillarni samarali qo'llash iqtisodiy samaradorlikni oshirish, tabiiy resurslarni tejash va ekologik barqarorlikni ta'minlashga xizmat qiladi.

Files

paper-6ae03f75d2bc7ffa1f6d7170.pdf

Files (213.1 kB)

Name Size
md5:84fa89a912767815ea499c153496ec5a
213.1 kB Preview Download

Additional details

References