TAN JAROXATI YETKAZISH BILAN BOG'LIQ HUQUQBUZARLIKLARNING BARVAQT OLDINI OLISHDA PROFILAKTIKA INSPEKTORI FAOLIYATINING NAZARIY ASOSLARI
Authors/Creators
- 1. O'zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi kursanti
- 2. O'zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi Huquqbuzarliklar profilaktikasi kafedrasi katta o'qituvchisi, dotsent
Description
Maqolada fuqarolarning hayoti va sog'lig'ini ishonchli himoya qilish hamda jamoat xavfsizligini ta'minlash tizimida tan jarohati yetkazish bilan bog'liq huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishda profilaktika inspektori faoliyatining nazariy-huquqiy asoslari tadqiq etilgan. O'zbekiston Respublikasining «Huquqbuzarliklar profilaktikasi to'g'risida»gi Qonuni, «Ichki ishlar organlari to'g'risida»gi Qonuni, Jinoyat kodeksi, Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksi, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi PF-27-son Farmoni, 2023-yil 1-iyundagi PF-82-son Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-noyabrdagi 801-son qarori asosida zo'ravonlik va maishiy nizolarning doktrinal tamoyillari, pre-kriminal xatti-harakatlarni barvaqt aniqlash va «mahalla yettiligi» bilan hamkorlik mexanizmlari yoritilgan. Nazariy-huquqiy tahlil natijasida aniqlangan konseptual muammolar asosida nazariy asoslarni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqilgan.