Published November 21, 2026 | Version v1

AXBOROT NAZARIYASIDA SHANNON ENTROPIYASI: NAZARIY ASOSLARI, XOSSALARI VA AMALIY QO'LLANILISHI

Description

Ushbu maqolada axborot nazariyasining asosiy tushunchalari, axborot miqdori va entropiya tushunchalarining matematik mazmuni yoritilgan. Shuningdek, Klod Shannon tomonidan taklif etilgan axborot entropiyasining mohiyati, matematik xossalari hamda turli sohalardagi amaliy qo'llanilishi tahlil qilingan. Maqolada entropiyaning axborot noaniqligini miqdoriy baholashdagi o'rni va ehtimollik taqsimoti bilan bog'liqligi ko'rib chiqilgan. Shannon entropiyasining asosiy xossalari, jumladan, uning nomanfiyligi, eng katta qiymatga erishish sharti va ehtimolliklar teng taqsimlangandagi holati bayon etilgan. Entropiyani hisoblashga doir misollar orqali nazariy formulalarning amaliy qo'llanilishi ko'rsatilgan. Shuningdek, ikkilik entropiyaning ehtimollikka bog'liqligi jadval va grafik asosida tahlil qilingan. Keltirilgan hisoblash natijalari entropiya qiymatining axborot manbasidagi noaniqlik darajasini ifodalashini tushuntirishga xizmat qiladi. Maqolaning asosiy maqsadi Shannon entropiyasining nazariy asoslarini sodda matematik misollar orqali yoritish hamda uning axborot nazariyasidagi ahamiyatini ochib berishdan iborat.

Notes

Original publication: https://global-science-review.com/index.php/pnes/article/view/3105 Issue: Vol. 5 No. 1 (2026): The Perspective of New Era Sciences (https://global-science-review.com/index.php/pnes/issue/view/76)

Files

AXBOROT-NAZARIYASIDA-SHANNON-ENTROPIYASI-NAZARIY-ASOSLARI-XOSSALARI-VA-AMALIY-QO.pdf

Files (537.9 kB)

Additional details

Related works