PIRIMQUL QODIROVNING "YULDUZLI TUNLAR (BOBUR)" ROMANI INGLIZ TILIDAGI TARJIMALARIDA REALIYALARNING BERILISH USULLARI
Authors/Creators
Description
Mazkur tezisda Pirimqul Qodirovning “Yulduzli tunlar (Bobur)” tarixiy romanidagi realiyalarning ingliz tiliga tarjima qilinish xususiyatlari lingvokulturologik va tarjimashunoslik nuqtayi nazaridan tahlil qilinadi. Realiya tushunchasining mohiyati, uning termin hamda ekzotizmdan farqi, mavjud tasniflar (S.I.Vlaxov va S.P.Florin, P.Nyumark, G.D.Tomaxin) yoritiladi. Romanning 2019-yilda I.To‘xtasinov, U.Yo‘ldoshev, A.Xamidov hamda 2021-yilda K.Ermakova tomonidan amalga oshirilgan ikki ingliz tilidagi varianti qiyoslanib, tarjimonlar qo‘llagan o‘zlashtirish, eksplikatsiya, umumlashtirish, tushirib qoldirish va leksik-semantik almashtirish usullarining samaradorligi baholanadi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, realiyalarning aksariyat qismi (87%) o‘zlashtirish usuli orqali berilgan; shu bilan birga, atoqli otlar imlosidagi nomutanosiblik va ayrim madaniy tushunchalarning pragmatik jihatdan o‘zgarishi aniqlandi.