Published November 19, 2026 | Version v1

XOLIYOR SAFAROV QISSALARIDA NUTQIY DETALLARNING AHAMIYATI VA DOLZARBLIGI

Description

Mazkur maqolada zamonaviy o‘zbek nasrining o‘ziga xos xususiyatlarini namoyon etuvchi Xoliyor Safarov qissalarida nutqiy detallarning badiiy-estetik vazifasi va poetik ahamiyati tadqiq etiladi. Xususan, personajlar nutqining individualligi, dialog va monologlarning xarakter yaratishdagi o‘rni, so‘z tanlash mahorati, nutqiy takrorlar, sukut, kinoya hamda tagma’no orqali qahramonlarning ruhiy holatini ifodalash masalalariga e’tibor qaratiladi.

Nutqiy detallar nafaqat voqealar rivojini ta’minlovchi kommunikativ vosita, balki qahramonning ichki dunyosi, ijtimoiy mavqei, dunyoqarashi va ma’naviy qiyofasini namoyon etuvchi muhim poetik unsur sifatida tahlil qilinadi. Shuningdek, zamonaviy qissachilikda nutqiy detallarning dolzarbligi badiiy psixologizm, xarakter individualligi va muallif nutqi bilan personaj nutqi munosabati doirasida yoritiladi.

Files

287-291.pdf

Files (555.1 kB)

Name Size
md5:9817c17092f33c19f9a5372b4e716e94
555.1 kB Preview Download