ZAMONAVIY O'ZBEK QISSALARIDA AYOL NOMUSI VA SHA'NINING BADIIY TALQINI
Authors/Creators
Description
Mazkur maqolada zamonaviy o‘zbek qissalarida ayol nomusi, sha’ni va qadr-qimmatining badiiy talqini tadqiq etiladi. Ayol obrazining ruhiy olami, ijtimoiy muhit ta’sirida yuzaga keladigan ziddiyatlari, oilaviy qadriyatlar va shaxsiy erkinlik o‘rtasidagi munosabatlar tahlil qilinadi. Shuningdek, ayolning ma’naviy daxlsizligi, o‘zligini anglash jarayoni va jamiyat stereotiplariga munosabati badiiy psixologizm nuqtayi nazaridan yoritiladi.
Zamonaviy qissalarda ayol nomusining faqat tashqi axloqiy mezonlar bilan emas, balki uning ichki e’tiqodi, vijdoni va insoniy qadr-qimmati bilan belgilanishi asoslanadi.