HOZIRGI O'ZBEK QISSALARIDA TARIXIY XOTIRA, MILLIY O'ZLIK VA ZAMON-MAKON POETIKASI
Authors/Creators
Description
Maqolada hozirgi o‘zbek qissalarida tarixiy va milliy xotiraning badiiy talqini, uning qahramonning ma’naviy dunyosi hamda milliy o‘zligini anglashidagi ahamiyati o‘rganiladi. Xotiraning avlodlar davomiyligi, oilaviy qadriyatlar, tarixiy tajriba va ijtimoiy ong bilan aloqasi tahlil qilinadi.
Shuningdek, xotira lavhalarining zamon-makon poetikasini shakllantirish, retrospektiv kompozitsiyani yuzaga keltirish va asarning falsafiy mazmunini chuqurlashtirishdagi vazifalari yoritiladi. Xotira badiiy asarda individual kechinmalar doirasidan chiqib, milliy ruhiyat va tarixiy ongni ifodalovchi estetik hodisa sifatida talqin qilinadi.