DUAL TA'LIM SIFATINI OSHIRISHDA TA'LIM TASHKILOTLARI VA ISHLAB CHIQARISH KORXONALARI INTEGRATSIYASINING TASHKILIY-PEDAGOGIK MEXANIZMLARI
Authors/Creators
Description
Mazkur maqolada dual ta’lim sifatini oshirishda ta’lim tashkilotlari va ishlab chiqarish korxonalari o‘rtasidagi integratsiyaning tashkiliy-pedagogik mexanizmlari ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilingan. Kasbiy ta’lim jarayonini ishlab chiqarishning real ehtiyojlari bilan muvofiqlashtirish, hamkor korxonalarning texnologik imkoniyatlarini o‘quv dasturlariga integratsiyalash, dual ta’lim subyektlari o‘rtasida vazifalar va javobgarliklarni taqsimlash hamda ishlab chiqarish ta’limi mentorlarining faoliyatini pedagogik jihatdan muvofiqlashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Tadqiqot doirasida dual ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan uchta o‘zaro bog‘liq yo‘nalish: tashkiliy-institutsional integratsiya, boshqaruv va muvofiqlashtirish hamda kasbiy-kompetensiyaviy rivojlanish ajratib ko‘rsatilgan. Ushbu yo‘nalishlar asosida 12 ta tarkibiy indikatorni qamrab oluvchi mualliflik konseptual modeli ishlab chiqilgan. Taklif etilgan model dual ta’lim sifatini baholash, ta’lim va ishlab chiqarish o‘rtasidagi hamkorlik samaradorligini aniqlash hamda o‘quvchilarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishga xizmat qiluvchi metodik asos sifatida tavsiflangan.