GLOBAL IQTISODIY INTEGRATSIYA SHAROITIDA INSON KAPITALINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MUAMMOLARI VA ZAMONAVIY TA'LIM TEXNOLOGIYALARI
Authors/Creators
Description
Ushbu maqolada global iqtisodiy integratsiya va raqamlashtirish sharoitida inson kapitalining iqtisodiy o‘sishni ta’minlovchi yetakchi omil sifatidagi o‘rni hamda uni rivojlantirishdagi mavjud tizimli muammolar va ularning yechimlari tadqiq etilgan. Mehnat bozori talablari va ta’lim tizimi o‘rtasidagi nomutanosiblikni bartaraf etishda zamonaviy pedagogik va raqamli ta’lim texnologiyalarining (EdTech, STEM/STEAM, EdTech-platformalar, AI-ta’lim) tutgan o‘rni ilmiy-amaliy jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqot yakunida inson kapitali sifatini oshirish, oliy ta’lim muassasalari va ishlab chiqarish integratsiyasini chuqurlashtirish hamda raqamli ta’lim ekotizimini takomillashtirish bo‘yicha amaliy taklif va tavsiyalar ilgari surilgan