Published November 1, 2026
| Version v1
Journal article
Open
ARENLARGA BOY KONSENTRATLARDAN ARALAŞ ERITUVÇILAR YORDAMIDA BENZOLNI EKSTRAKSIYALAŞ JARAYONINI TAKOMILLAŞTIRIŞ
Description
Pirokondensat va katalitik riformat tarkibidagi aromatik uglevodorodlardan benzolni selektiv ajratib oliş jarayonini takomillaştiriş masalalari körib çiqiladi. Tadqiqotning asosiy yönalişi dietilenglikol (DEG) asosidagi ikki komponentli aralaş erituvçilar – DEG + dimetilsulfoksid (DMSO) va DEG + sulfolan tizimlarining ekstraksiyalaş xususiyatlarini qiyosiy baholaşdan iborat. Pirokondensatning fizik-kimyoviy xossalari va komponent tarkibi böyiça mavjud ilmiy tadqiqotlar tahlil qilinib, aromatik uglevodorodlarni ajratiş uçun xomaşyoni dastlabki tayyorlaş zarurati asoslanadi. Şuningdek, ekstraksiyadan keyin ekstragentni pentan bilan yuviş orqali aromatik konsentratni boyitiş imkoniyatlari, fazalararo taqsimlaniş va benzol yöqotilişining oldini oliş masalalari yoritiladi. Tadqiqotda ekstragent tarkibi, harorat, erituvçi va xomaşyo nisbati, kontaktlaşiş vaqti hamda pentan sarfining benzolni ajratib oliş samaradorligiga ta'sirini anıqlaş nazarda tutiladi. Tadqiqotning yakuniy maqsadi pirokondensat va katalitik riformatdan yuqori tozalikdagi benzol oliş uçun samarali ekstraksiyalaş texnologiyasini ilmiy jihatdan asoslaşdan iborat. Kalit sözlar: pirokondensat, katalitik riformat, benzol, aromatik uglevodorodlar, dietilenglikol, dimetilsulfoksid, sulfolan, pentan, selektiv ekstraksiya, fazalararo muvozanat, regeneratsiya.
Files
MI-2026-05626.pdf
Additional details
Related works
- Is identical to
- https://muhandislik-iqtisodiyot.uz/index.php/journal/article/view/5626 (URL)
- Is part of
- 3060-463X (ISSN)