DUAL TA'LIM SHAROITIDA BOʻLAJAK TARBIYACHILARNI TAYYORLASHDA NAZARIYA VA AMALIYOTNI INTEGRATSIYALOVCHI KREDIT-MODUL DASTURINI LOYIHALASH METODIKASI
Authors/Creators
Description
Maqolada dual ta’lim sharoitida boʻlajak tarbiyachilarni tayyorlashda texnikumdagi nazariy ta’lim va maktabgacha ta’lim tashkilotidagi amaliy faoliyatni yagona kredit-modul dasturiga integratsiyalash metodikasi asoslangan. Dual ta’limni tashkil etish Nizomi ta’lim dasturini ish beruvchi bilan hamkorlikda ishlab chiqishni talab qilsa-da, ish joyidagi faoliyatni oʻquv natijalari va kreditlar bilan bogʻlash mexanizmini belgilamasligi koʻrsatilgan. Dasturning tuzilmaviy birligi sifatida nazariy, amaliy va refleksiv komponentlardan iborat “dual modul” tushunchasi kiritilgan. Loyihalashning yetti bosqichli algoritmi, oʻquv natijalarini ikki oʻquv makonida ifodalash qoidasi, modul kreditini uch komponent yuklamasining yigʻindisi sifatida hisoblash tartibi, nazariya va amaliyotni bir hafta doirasida sinxronlashtiruvchi integratsiyalashgan oʻquv sikli hamda dasturning integratsiyalanganlik koeffitsienti ishlab chiqilgan. Maktabgacha ta’lim tashkilotidagi amaliy topshiriqlarni “Ilk qadam” milliy oʻquv dasturi talablari bilan bogʻlash taklif etilgan.