KASBIY TA'LIM TIZIMIDAGI ISHLAB CHIQARISH TA'LIMI USTALARINING INNOVATSION VR TEXNOLOGIYA ASOSIDA MALAKASINI OSHIRISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH
Authors/Creators
Description
Maqolada kasbiy ta'lim tashkilotlaridagi ishlab chiqarish ta'limi ustalarining malakasini virtual reallik (VR) texnologiyasi asosida oshirish metodikasini takomillashtirish masalasi koʻrib chiqildi. Ustalarni attestatsiyadan oʻtkazish va sertifikatlashga oid yangi talablar, immersiv ta'limning nazariy asoslari hamda payvandlash va boshqa amaliy kasblarda VR trenajyorlardan foydalanish boʻyicha mahalliy va xorijiy tadqiqotlar natijalari tahlil qilindi. Tahlil asosida diagnostika, nazariy-onlayn tayyorgarlik, VR trenajyordagi mashq, real ustaxonadagi amaliyot, VR mashgʻulotni loyihalash va baholash bosqichlaridan iborat modulli metodika taklif etildi. Metodikaning oʻziga xosligi shundaki, unda usta kasbiy koʻnikmasini mustahkamlovchi tinglovchi sifatidagina emas, VR vositasini oʻz oʻquvchilari bilan ishlashda qoʻllaydigan pedagog sifatida ham tayyorlanadi. Metodikani joriy etish shartlari asoslab berildi.