MATEMATIK NUTQ VA MATEMATIK FIKRLASHNING O'ZARO MUNOSABATI: MATEMATIK FIKRLASHNI RIVOJLANTIRISHDA NUTQIY FAOLIYATNING AHAMIYATI
Authors/Creators
Description
Maqolada matematik nutq va matematik fikrlashning o‘zaro munosabati psixologik-pedagogik hamda matematik ta’lim nuqtai nazaridan tahlil qilinadi. Matematik nutq faqat shakllangan fikrning tashqi ifodasi emas, balki matematik mazmunni anglash, mulohazani tartibga solish, semantik bog‘lanishlarni aniqlash, asoslash va refleksiya qilish vositasi ekanligi asoslanadi. Mahalliy, MDH va xorijiy tadqiqotlarni qiyosiy tahlil qilish asosida «fikrlash → nutqiy ifoda → tekshirish va aniqlashtirish → qayta tuzilgan fikrlash» sikli taklif etiladi. Matematik fikrlashni rivojlantirish uchun tushuntirish, savol tuzish, taqqoslash, xatoni izohlash, isbotni rekonstruksiya qilish hamda verbal, ramziy va grafik reprezentatsiyalar o‘rtasida o‘tishga qaratilgan topshiriqlardan muntazam foydalanish zarurligi ko‘rsatiladi.