REKLAMA DIZAYNIDA TIPOGRAFIYANING VIZUAL TA'SIRCHANLIKNI OSHIRISHDAGI AHAMIYATI
Authors/Creators
Description
Ushbu maqolada reklama dizaynida tipografiyaning vizual ta’sirchanlikni oshirishdagi o‘rni va ahamiyati tadqiq etiladi. Shrift tanlash, harflar o‘lchami va qalinligi, oraliq masofalar, matn kompozitsiyasi hamda vizual ierarxiya tamoyillarining iste’molchi idrokiga ta’siri tahlil qilinadi. Shuningdek, shriftning emotsional-semantik xususiyatlari, uning brend identikasi bilan uyg‘unligi, kinetik tipografiya imkoniyatlari va o‘zbek lotin alifbosiga xos tipografik muammolar ko‘rib chiqilib, reklama loyihalarida tipografiyadan samarali foydalanish bo‘yicha amaliy tavsiyalar beriladi.