XORAZM AMALIY BEZAK SAN'ATINING MILLIY O'ZIGA XOSLIGI VA UNI ZAMONAVIY DIZAYN TA'LIMIDA QO'LLASH IMKONIYATLARI
Authors/Creators
Description
Mazkur maqolada Xorazm amaliy bezak san’atining milliy o‘ziga xosligi, tarixiy shakllanish xususiyatlari, naqsh kompozitsiyasi, ranglar uyg‘unligi, geometrik va islimiy bezaklarning badiiy-estetik ahamiyati tahlil qilinadi. Shuningdek, hududning an’anaviy hunarmandchilik namunalari, xususan, yog‘och o‘ymakorligi, ganchkorlik, naqqoshlik, kulolchilik va kashtachilik an’analarini zamonaviy dizayn ta’limi jarayoniga tatbiq etish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. Milliy badiiy merosni raqamli texnologiyalar, grafik loyihalash, rangshunoslik, kompozitsiya va loyihaviy faoliyat bilan uyg‘unlashtirish orqali talabalarning ijodiy tafakkuri, milliy estetik didi va kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish yo‘llari asoslanadi.