Published November 1, 2026 | Version v1

MAHALLIY DAĞAL JUNDAN NOTÖQIMA MATO IŞLAB ÇIQARIŞDA JIHOZLAR UNUMDORLIGI VA QUVVAT TAQSIMOTINI BAHOLAŞ

  • 1. Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti doktoranti
  • 2. Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetining ilmiy işlar böyiça prorektori, texnika fanlari doktori, professor.
  • 3. Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti dotsenti, falsafa doktori (PhD).

Description

Tadqiqotda mahalliy dağal jundan notöqima mato işlab çiqarişda olti asosiy jihozning texnologik unumdorligi va nominal quvvat balansi baholandi. Hisoblaşda partiya massasi va işlov beriş vaqti soatlik unumdorlikka, igna sançişdagi yuza unumdorligi esa matoning yuza ziçligi asosida massaviy körsatkiçga keltirildi. Jihozlarning jami nominal quvvati 94,3 kW bölib, uning 86,7 foizi BC 262, YQ-A186 va igna sançiş uskunasiga töğri keldi. 30–40 m² mahsulotni 40 daqiqada şakllantiriş 45–60 m²/soatga, 400 g/m² hisobiy yuza ziçligida esa 18–24 kg/soatga teng böldi. Natijalar texnologik ötimlar unumdorligini yagona mahsulot oqimi asosida muvofiqlaştiriş zarurligini körsatdi. Nominal quvvatdan aniqlangan soliştirma indeks amalda ölçangan elektr energiyasi sarfini ifodalamaydi. Taklif etilgan yondaşuv texnologik jarayonlarni muvofiqlaştiriş va energiya ölçovlarini rejalaştirişga xizmat qiladi. Quritiş, isitiş va yordamçi yuklamalar keyingi energetik baholaşda alohida hisobga olinişi lozim. Kalit sözlar: dağal jun, notöqima mato, igna sançiş, unumdorlik, yuza ziçligi, nominal quvvat, massa balansi, soliştirma energiya sarfi.

Files

MI-2026-05579.pdf

Files (1.9 MB)

Name Size
md5:98a993681309887bed0e540af1bc1ab0
1.9 MB Preview Download

Additional details

Related works

Is identical to
https://muhandislik-iqtisodiyot.uz/index.php/journal/article/view/5579 (URL)
Is part of
3060-463X (ISSN)