O'SMIRLAR O'RTASIDA KIBERBULLING: HUQUQIY JAVOBGARLIK VA PROFILAKTIKA MASALALARI
Authors/Creators
Description
Ushbu ilmiy maqolada zamonaviy axborot jamiyatida o'smirlar o'rtasida kiberbulling, ya’ni raqamli ta'qib va zo'ravonlik hodisasining huquqiy tartibga solinishi, jinoiy hamda ma'muriy javobgarlik masalalari va profilaktik mexanizmlar kompleks tahlil qilinadi.
Tadqiqotda qiyosiy-huquqiy hamda normativ-tahliliy metodlardan foydalanilgan holda, O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi, Yevropa Ittifoqi mamlakatlari tajribasi, Buyuk Britaniya, AQSh, Janubiy Koreya, Singapur hamda Indoneziya huquqiy tizimlari qiyosiy o'rganilgan.
Tadqiqot natijalari shuni ko'rsatadiki, O'zbekiston milliy qonunchiligida kiberbullingning normativ ta'rifi va unga qarshi maxsus sui generis qonun hujjatining mavjud emasligi huquqni qo'llash amaliyotida muammolarni keltirib chiqarmoqda.
Maqolada o'smirlarga nisbatan retributiv (jazolash) yondashuvdan ko'ra restorativ (tiklovchi) odil sudlov modelini qo'llash, ijtimoiy platformalar mas'uliyatini oshirish hamda ta'lim muassasalarida raqamli gigiyena va media savodxonlik profilaktikasini institutlashtirish bo'yicha ilmiy-amaliy takliflar ilgari surilgan.